Nashr etikasi
COPE tamoyillari asosida nashr etikasi qoidalari
Ushbu boʻlim Nashriyot etikasi xalqaro qoʻmitasi – Committee on Publication Ethics (COPE) materiallari asosida tayyorlangan.
1. Kirish
1.1. Materiallarni taqriz qilinadigan jurnallarda nashr etish nafaqat ilmiy aloqalarning oddiy usuli hisoblanadi, balki tegishli ilmiy bilim sohasining rivojlanishiga ham salmoqli hissa qoʻshadi. Shunday qilib, “International Journal of Justice” jurnali uchun nashr jarayoniga jalb etilgan barcha tomonlar, yaʼni mualliflar, jurnal muharrirlari, taqrizchilar, nashriyot va ilmiy hamjamiyat uchun odob-axloq qoidalari standartlarini belgilash muhimdir.
1.2. Nashriyot nafaqat ilmiy aloqalarni qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu jarayonga investitsiya kiritadi, balki nashr etilayotgan ishlarda barcha zamonaviy tavsiyalarga rioya qilinishi uchun ham javobgarlikni zimmasiga oladi.
2. Muharrirlarning majburiyatlari
2.1. Nashr qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
“International Journal of Justice” ilmiy-amaliy jurnali muharriri nashr qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun shaxsan va mustaqil ravishda javobgardir. Nashr qilish toʻgʻrisidagi qarorning asosi sifatida koʻrib chiqilayotgan ishning ishonchliligi va uning ilmiy ahamiyati e’tiborga olinishi lozim. Muharrir nashr qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish jarayonida boshqa muharrirlar va taqrizchilar bilan maslahatlashishi mumkin.
2.2. Halollik va xolislik
Muharrir qoʻlyozmalarning intellektual mazmunini Mualliflarning irqi, jinsi, jinsiy orientatsiyasi, diniy qarashlari, kelib chiqishi, fuqaroligi yoki siyosiy afzalliklaridan qatʼi nazar baholashi shart.
2.3. Maxfiylik
Muharrir qabul qilingan qoʻlyozma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mualliflar, taqrizchilar, ehtimoliy taqrizchilar, boshqa ilmiy maslahatchilar va nashriyotdan tashqari barcha shaxslarga zaruratsiz oshkor qilmaslikka majbur.
2.4. Nashrlarni nazorat qilish
Nashrda keltirilgan bayonotlar yoki xulosalar notoʻgʻri ekanligiga rad etib boʻlmaydigan dalillar topgan muharrir, oʻzgartirishlar kiritish, nashrni chaqirib olish (rad etish) va vaziyatga mos keladigan boshqa bayonotlarni imkon qadar tezroq eʼlon qilish maqsadida bu haqda nashriyotga xabar berishi lozim.
2.5. Tadqiqotlar doirasida jalb etilganlik va hamkorlik
Muharrir nashriyot bilan birgalikda koʻrib chiqilgan qoʻlyozmalar yoki nashr etilgan materiallarga oid etik daʼvolar yuzaga kelgan taqdirda tegishli choralar koʻradi. Bunday choralar umuman olganda qoʻlyozma mualliflari bilan oʻzaro aloqani hamda tegishli shikoyat yoki talabning asoslanishini oʻz ichiga oladi, biroq shu bilan birga tegishli tashkilotlar va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilishni ham nazarda tutishi mumkin.
3. Taqrizchilarning majburiyatlari
3.1. Tahrir hayʼati qarorlariga taʼsir koʻrsatish
Taqriz qilish muharrirga nashr etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga yordam beradi hamda mualliflar bilan tegishli aloqa oʻrnatish orqali muallifga ish sifatini oshirishga ham koʻmaklashishi mumkin. Taqriz qilish — ilmiy yondashuvning markazida turuvchi rasmiy ilmiy aloqalarning zaruriy boʻgʻinidir.
3.2. Masʼuliyat va muddatlarga rioya qilish
Qoʻlyozmani koʻrib chiqish uchun oʻz malakasi yetarli emasligini his qilgan yoki ishni tezda bajarish uchun yetarli vaqtga ega boʻlmagan har qanday tanlangan taqrizchi muharrirni xabardor qilishi va uni ushbu qoʻlyozmani taqriz qilish jarayonidan chiqarib tashlashni soʻrashi shart.
3.3. Maxfiylik
Taqriz qilish uchun olingan har qanday qoʻlyozma maxfiy hujjat sifatida koʻrib chiqilishi lozim. Ushbu ishni muharrir tomonidan vakolat berilmagan har qanday shaxslarga koʻrsatish va ular bilan muhokama qilish taqiqlanadi.
3.4. Qoʻlyozmaga qoʻyiladigan talablar va xolislik
Taqrizchi xolis baho berishga majbur. Muallifning shaxsiyatiga qaratilgan tanqidga yoʻl qoʻyilmaydi. Taqrizchilar oʻz fikrlarini aniq va dalillarga tayangan holda ifodalashlari lozim.
3.5. Birinchi manbalarni eʼtirof etish
Taqrizchilar mavzuga mos keladigan va qoʻlyozmadagi bibliografiyaga kiritilmagan muhim nashr etilgan ishlarni aniqlashlari lozim. Avvalroq nashr etilgan har qanday bayonotga (kuzatish, xulosa yoki dalilga) qoʻlyozmada tegishli bibliografik havola boʻlishi shart. Taqrizchi, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan qoʻlyozma va oʻzining ilmiy kompetensiyasi doirasidagi boshqa har qanday nashr etilgan ish oʻrtasida sezilarli oʻxshashlik yoki mos tushish holatlari aniqlanganiga muharrirning eʼtiborini qaratishi lozim.
4. Mualliflarning majburiyatlari
4.1. Qoʻlyozmalarga qoʻyiladigan talablar
4.1.1. Mualliflar bajarilgan ishning ishonchli natijalarini hamda tadqiqot ahamiyatining xolis muhokamasini taqdim etishlari shart. Ishning asosi boʻlgan maʼlumotlar xatosiz taqdim etilishi lozim. Ish kelgusida uni qayta takrorlab koʻrish imkoniyati mavjud boʻlishi uchun yetarli darajada tafsilotlar va bibliografik havolalarni oʻz ichiga olishi shart. Qalbaki yoki qasddan notoʻgʻri koʻrsatilgan bayonotlar gʻayrietik xulq-atvor deb baholanadi va ularga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.1.2. Sharhlar va ilmiy maqolalar aniq va xolis boʻlishi, tahririyatning nuqtai nazari aniq belgilangan boʻlishi lozim.
4.2. Maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati va ularni saqlash
Muharrirlar tomonidan taqriz qilish uchun mualliflardan qoʻlyozmaga tegishli boʻlgan qayta ishlanmagan (birlamchi) maʼlumotlar soʻralishi mumkin. Mualliflar, agar buning imkoni boʻlsa, bunday turdagi maʼlumotlardan ochiq foydalanish imkoniyatini taqdim etishga tayyor boʻlishlari va har qanday holatda ham ushbu maʼlumotlarni nashrdan keyin tegishli vaqt mobaynida saqlashga tayyor turishlari shart.
4.3. Originalsizlik va plagiat
4.3.1. Mualliflar taqdim etilgan ishning toʻliq original ekanligiga ishonch hosil qilishlari hamda boshqa mualliflarning ishlari yoki bayonotlaridan foydalanilgan taqdirda tegishli bibliografik havolalar yoki koʻchirmalarni taqdim etishlari shart.
4.3.2. Plagiatning barcha shakllari gʻayrietik xatti-harakatlar hisoblanadi va ularga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.4. Koʻp karrali, ortiqcha va bir vaqtdagi nashrlar
4.4.1. Umumiy qoidaga koʻra, muallif asosan bitta tadqiqotga bagʻishlangan qoʻlyozmani bittadan ortiq jurnalda original nashr sifatida chop etmasligi lozim. Bitta qoʻlyozmani bir vaqtning oʻzida bittadan ortiq jurnalga koʻrib chiqish uchun taqdim etish gʻayrietik xulq-atvor deb baholanadi va bunga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.4.2. Umumiy qoidaga koʻra, muallif avval nashr etilgan maqolani koʻrib chiqish uchun boshqa jurnalga taqdim etmasligi lozim.
4.4.3. Maqolalarning muayyan turlarini (masalan, klinik tavsiyalar, tarjima qilingan maqolalar) bittadan ortiq jurnalda nashr etish ayrim hollarda, belgilangan shartlarga rioya qilinganda etika qoidalariga zid kelmaydi. Manfaatdor jurnallarning mualliflari va muharrirlari birlamchi nashr etilgan ishdagi maʼlumotlar va talqinlarni aynan oʻzida aks ettiruvchi ikkilamchi nashrga rozi boʻlishlari shart. Birlamchi ishning bibliografiyasi ikkinchi nashrda ham taqdim etilishi lozim.
4.5. Birinchi manbalarni eʼtirof etish
Boshqa shaxslarning hissasini har doim eʼtirof etish zarur. Mualliflar taqdim etilgan ishning bajarilishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan nashrlarga havola berishlari shart. Shaxsiy tarzda, masalan, suhbat, yozishmalar davomida yoki uchinchi tomonlar bilan muhokama jarayonida olingan maʼlumotlardan birinchi manbaning aniq yozma ruxsatisiz foydalanilmasligi yoki ular taqdim etilmasligi lozim. Maxfiy manbalardan olingan maʼlumotlar, chunonchi, qoʻlyozmalarni baholash yoki grantlar ajratish kabilar, maxfiy manbalarga aloqador boʻlgan ish Mualliflarining aniq yozma ruxsatisiz ishlatilmasligi shart.
4.6. Nashr muallifligi
4.6.1. Nashr mualliflari sifatida faqat ish gʻoyasini shakllantirishga, tadqiqotni ishlab chiqish, bajarish yoki taqdim etilgan tadqiqot natijalarini talqin qilishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Salmoqli hissa qoʻshgan barcha shaxslar hammualliflar sifatida koʻrsatilishi lozim. Tadqiqot ishtirokchilari tadqiqot loyihasidagi muayyan yoʻnalish boʻyicha muhim hissa qoʻshgan holatlarda, ular ushbu tadqiqotga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar sifatida koʻrsatilishi kerak.
4.6.2. Muallif tadqiqotga muhim hissa qoʻshgan barcha ishtirokchilar hammuallif sifatida koʻrsatilganligiga va tadqiqotda ishtirok etmaganlar hammualliflar roʻyxatiga kiritilmaganligiga, shuningdek, barcha hammualliflar ishning yakuniy versiyasini koʻrgan hamda maʼqullaganliklariga va uning nashrga taqdim etilishiga rozilik berganliklariga ishonch hosil qilishi shart.
4.7. Maʼlumotlarni oshkor qilish siyosati va manfaatlar toʻqnashuvi
4.7.1. Barcha mualliflar oʻz qoʻlyozmalarida ishda taqdim etilgan natijalar yoki xulosalarga taʼsir koʻrsatgan deb qabul qilinishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoki boshqa mavjud manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilishlari shart.
4.7.2. Oshkor qilinishi majburiy boʻlgan potensial manfaatlar toʻqnashuviga misollar: yollanma ish, konsalting, aksiyadorlik mulkining mavjudligi, gonorarlar olish, ekspert xulosalarini taqdim etish, patent talabnomasi yoki patentni roʻyxatdan oʻtkazish, grantlar va boshqa moliyaviy taʼminotlar. Potensial manfaatlar toʻqnashuvi imkon qadar erta oshkor qilinishi lozim.
4.8. Nashr etilgan ishlardagi jiddiy xatolar
Muallif tomonidan nashrda jiddiy xatolar yoki noaniqliklar aniqlangan taqdirda, muallif bu haqda “International Journal of Justice” jurnali muharririga xabar berishi hamda nashrni imkon qadar tezroq chaqirib olish yoki xatolarni tuzatish maqsadida muharrir bilan hamkorlik qilishi shart. Agar muharrir yoki nashriyot uchinchi tomondan nashrda jiddiy xatolar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot olsa, muallif ishni chaqirib olishga yoki xatolarni maksimal darajada qisqa muddatda tuzatishga majburdir.
5. Nashriyotning majburiyatlari
5.1. Nashriyot “International Journal of Justice” jurnali muharrirlari, taqrizchilari va mualliflari tomonidan ushbu talablarga muvofiq etika majburiyatlarining bajarilishiga koʻmaklashuvchi prinsiplar va tartib-taomillarga amal qilishi lozim. Nashriyot reklama joylashtirish yoki reprintlar (qayta nashrlar) ishlab chiqarishdan keladigan potensial foyda muharrirlarning qarorlariga taʼsir koʻrsatmaganligiga ishonch hosil qilishi shart.
5.2. Nashriyot “International Journal of Justice” jurnali muharrirlariga nashr etilayotgan materiallarning etik jihatlariga oid daʼvolarni koʻrib chiqishda koʻmaklashishi hamda, agar bu muharrirlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishiga xizmat qilsa, boshqa jurnallar va (yoki) nashriyotlar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatishda yordam berishi lozim.
5.3. Nashriyot tadqiqotlarni oʻtkazishning tegishli amaliyotiga koʻmaklashishi hamda etika tavsiyalari, ishlarni chaqirib olish va xatolarni tuzatish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida soha standartlarini joriy etishi lozim.
5.4. Nashriyot zarurat tugʻilganda tegishli ixtisoslashtirilgan yuridik koʻmakni (xulosa yoki konsalting) taʼminlashi shart.