Ilm-fan uchun ochiq platforma
Biz tadqiqotchilar, mualliflar va ilm-fan ishqibozlarini bir joyga to'plash uchun yaratilganmiz. Bilimni erkin tarqatish — bizning asosiy maqsadimiz.
Bizning vazifamiz
Odil sudlov akademiyasi xalqaro jurnali :app — ilmiy maqolalar, tadqiqot ishlari va monografiyalarni keng jamoatchilikka yetkazish uchun yaratilgan raqamli platforma. Biz Scopus va Web of Science kabi xalqaro bazalar namunasida, lekin o'zbek tilidagi ilm-fan uchun maxsus optimallashtirilganmiz.
Tarix
Platforma 2026-yilda tashkil topgan. Maqsad — mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilarining ishlarini dunyo miqyosida namoyish etish, ularning mehnati munosib e'tirofga sazovor bo'lishiga ko'maklashish.
Muharrirat siyosati
Har bir maqola nashr etilishdan oldin mutaxassis muharrirlari tomonidan ko'rib chiqiladi. Ilmiy sifat, asl tadqiqot va plagiatsizlik asosiy mezonlarimizdir.
Ilmiy yo'nalishlar (tematika)
Jurnal quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo'yicha maqolalar qabul qiladi va chop etadi:
12.00.00 Yuridik fanlar
- 12.00.01 Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta'limotlar tarixi.
- 12.00.02 Konstitutsiyaviy huquq. Ma'muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
- 12.00.03 Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
- 12.00.04 Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya.
- 12.00.05 Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta'minot huquqi.
- 12.00.06 Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq.
- 12.00.07 Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.
- 12.00.08 Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi.
- 12.00.09 Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
- 12.00.10 Xalqaro huquq.
- 12.00.11 Parlament huquqi.
- 12.00.12 Korrupsiya muammolari.
- 12.00.13 Inson huquqlari.
- 12.00.14 Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta'minlash. Probatsiya faoliyati.
- 12.00.15 Kriminologiya.
Obuna va foydalanish shartlari
"International Journal of Justice" xalqaro ilmiy-amaliy jurnalida chop etilgan maqolalardan foydalanish uchun obuna talab qilinmaydi. Jurnalda chop etilgan maqolalardan ilmiy faoliyatda foydalanilganda mualliflik qonunchilik normalariga va etika qoidalariga amal qilgan holda foydalanish lozim. Foydalanuvchi, albatta, muallif(lar) nomi va chop etilgan jurnal nomi va sonini ko'rsatib o'tishi lozim.
Nashr qilish uchun to‘lov
“International Journal of Justice” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalida maqola chop etish alohida oferta shartnoma bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnoma tomonlari shartnomani tasdiqlash orqali o‘zlariga olgan majburiyatlari lozim darajada bajarishga majburdirlar. Shartnoma jurnal saytida joylashtirilgan.